Bugun, 23 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasining boshlang'ich tarkibi ma'lum qilindi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Portugaliyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvi AQShning Xyuston shahrida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. Unga marokashlik hakam Jalol Jaed boshchilik qiladi.
Ikkinchi tur uchrashuvlari oldidan K guruhida Kolumbiya 3 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi hisobida bir ochkodan mavjud. O'zbekiston esa birinchi turdagi mag'lubiyatdan keyin ochkolar jamg'armagan.
Shuningdek, tur doirasidagi Kolumbiya — Kongo Demokratik Respublikasi uchrashuvi 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.






