Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Lans”ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng darhol Ispaniyaga yo‘l olgan. Uning vaqtinchalik shartnomasi yakunlangani sababli, yaqin kunlarda Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida Real Madrid asosiy jamoasi bilan mashg‘ulotlarni boshlashi kutilmoqda.
Endrik “Lion” safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining “Real Madrid” bilan tuzgan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Avvalroq Karlo Ancelotti Endrikni Jahon chempionati uchun tarkibga jalb qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, uch yillik tanaffusdan keyin Neymar ham Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan.






