AsosiyBU QIZIQ

O‘zbekistondan 24 ta universitet dunyoning eng yaxshi 1000 taligiga kirdi.

Oʻzbekistonning 50 ta oliy taʼlim muassasasi "Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Ratings" 2026 reytingiga kirdi.

'O‘zbekistondan 24 ta universitet dunyoning eng yaxshi 1000 taligiga kirdi.'ning rasmi

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi Indoneziyada bo‘lib o‘tgan ta’lim kongressi doirasida THE Sustainability Impact Ratings 2026 natijalarini ma’lum qildi.

Mazkur reyting oliy ta’lim muassasalarining BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shayotgan hissasini ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, institutsional boshqaruv, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlik kabi mezonlar asosida baholaydi.

Joriy yilgi reytingda O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etildi. Ulardan 24 tasi dunyoning eng yaxshi 1000 talik universitetlari qatoriga kirdi.

Eng yuqori natijani Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qayd etib, 101–200-o‘rinlar guruhidan joy oldi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti 201–300-o‘rinlardan, Buxoro davlat universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti esa 301–400-o‘rinlar guruhidan o‘rin oldi.

    Boshqa yangiliklar

    O‘zbekistondan 24 ta universitet dunyoning eng yaxshi 1000 taligiga kirdi. - Darakchi.uz