O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon MY5 telekanalida jurnalist Baxtiyor To`raxonovning “19:09” ko`rsatuvi mehmoni bo`ldi.
Sevara Nazarxon ikkita tug`ilgan kuni, ya`ni 23 va 31 dekabr ekanligi haqida so`zlab berdi.
Uning hikoya qilishicha, xonanda 23 dekabr kuni dunyoga kelgan va uning tug`ilishi klinik o`lim bilan kuzatilgan, biroz vaqtdan so`ng hayotga qaytgan Sevaraning hayotida o`zgarish yuz berdi. Avvaliga hayotidagi bu mudhish hodisa sababli unga Umida deya ism qo`ygan otasi, barcha ko`rguliklar ortda qolgach “qizim sevimli bo`lsin” deya uni Sevara deb atagan.
Tug`ilganlik haqidagi guvohnomalarda uning ismi Umida Nazarxonova bo`lgan, shu sababli maktabda uni aynan Umida deb bilishgan va bu Sevaraga yoqmagan. Pasport olayotganda u ismini Sevara deya qayd etgan.
Sevara Nazarxon jurnalist bilan suxbat chog`ida Farg`ona vodiysini, buvisining hovlisini doim sog`inib yashashini aytib o`tgan.