AsosiyBU QIZIQ

Toshkent Markaziy Osiyoda yashash eng qimmat bo‘lgan uchinchi shahar bo‘ldi

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti mintaqada faqat Qozog‘istonning Olmaota va Ostona shaharlaridan keyingi o‘rinni egallagan.

'Toshkent Markaziy Osiyoda yashash eng qimmat bo‘lgan uchinchi shahar bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent Markaziy Osiyo shaharlari orasida yashash xarajatlari eng yuqori bo‘lgan uchinchi shahar bo‘ldi. Bu haqda xalqaro Numbeo platformasining yashash qiymati bo‘yicha reytingida ma’lum qilindi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti mintaqada faqat Qozog‘istonning Olmaota va Ostona shaharlaridan keyingi o‘rinni egallagan. Tadqiqotda dunyoning 547 ta yirik shahri qamrab olingan.

Numbeo baholashida asosiy mezon sifatida Nyu-Yorkdagi yashash xarajatlari olingan va unga 100 ball berilgan. Toshkentda esa yashash qiymati indeksi 31,2 ballni tashkil etgan. Bu poytaxtdagi umumiy narxlar darajasi Nyu-Yorkka nisbatan qariyb 70 foiz past ekanini anglatadi.

Tadqiqotda uy-joy ijarasi, oziq-ovqat, transport, restoranlar, kommunal xizmatlar va boshqa kundalik xarajatlar hisobga olingan. Toshkentda uy-joy ijarasi indeksi 13,5 ball, oziq-ovqat xarajatlari indeksi esa 35,2 ballni tashkil etgan.

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda to‘rt kishilik oilaning ijara haqisiz oylik xarajatlari o‘rtacha 22,3 million so‘m, bir kishi uchun esa 6,1 million so‘m atrofida baholangan.

Jahon reytingida eng qimmat shahar sifatida Shveytsariyaning Tsyurix shahri qayd etilgan. Undan keyin Jorjtaun, Lyutsern, Bazel va Jeneva shaharlari o‘rin olgan.

    Boshqa yangiliklar