AsosiyDunyo

Rossiyada selfi tufayli italiyalik ayollarni sovuq urdi

Rossiyaning Novosibirsk shahriga mehmonga kelgan to`rt nafar italiyalik  ayollar selfiga tushayotganda sovuq urib, bir o`limdan qoldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ayollar Novosibirsk shahrida joylashgan suv ombori fonida selfiga tushish jarayonida muzlab qolib, sovuq urish oqibatida ularga qutqaruvchilar xizmati zarur bo`ldi.

O`rtaerdengizidan kelgan sayyoh ayollar uchun Novosibirskning qahraton qishi juda sovuqlik qildi. Chiroyli rasmga tushish istagida bo`lgan ayollar juda engil kiyingan.

“Go`zallikning ketidan quvgan ayollarni engil kiyinish oqibatida sovuq urgan. Ular taksi kelguncha issiq ichimlik, issiq joy bilan ta`minlandi”, deb xabar berdi nashr.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar