AsosiyBU QIZIQ

O'zbekiston va Tojikistonga sayohatlik qiziqishi 64 foizga oshdi

Mazkur ko‘rsatkich faqat sayyohlarning qiziqishi va qidiruv faolligini anglatadi. U real bronlar yoki mamlakatga kelgan sayyohlar soni oshganini bildirmaydi.

'O'zbekiston va Tojikistonga sayohatlik qiziqishi 64 foizga oshdi'ning rasmi

O'zbekiston va Tojikiston sayohat yo'nalishlari bo'yicha eng tez o'sish qayd etilgan davlatlar qatoriga kirdi. Bu haqda Amadeus kompaniyasi va BMTning Jahon turizm tashkiloti hamkorligida tayyorlangan "Travel Insights 2026: Focus on Europe" hisobotida ma'lum qilingan.

Hisobotga ko'ra, ikki mamlakat bo'yicha sayohatga oid internet qidiruvlari soni 64 foizga oshgan. Mutaxassislar bu holatni sayohatchilarning an'anaviy yo'nalishlardan tashqari, yangi maskanlar, tabiiy go'shalar va mahalliy madaniyat bilan bog'liq tajribalarga qiziqishi ortib borayotgani bilan izohlagan.

Shu bilan birga, mazkur ko'rsatkich faqat sayohatchilarning qiziqishi va qidiruv faolligini anglatadi. U real bronlar yoki mamlakatga kelgan sayohatchilar soni o'sganini bildirmaydi.

Tadqiqotda Shveytsariya, Shvetsiya, Daniya, Irlandiya, Belgiya va Norvegiya kabi mashhur yo'nalishlarda ham sayohatlikka qiziqish oshgani qayd etilgan.

Amadeus mutaxassislariga ko'ra, O'zbekiston va Tojikiston uchun bu tendentsiya yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Kam tanilgan sayohatlik maskanlarini targ'ib qilish, xalqaro aviakompaniyalar va turoperatorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali qiziqishni real sayohatlarga aylantirish mumkin.

Umuman olganda, Yevropa turizm bozorida ham o'sish kuzatilmoqda. 2025 yil mayidan 2026 yil apreligacha Yevropaga sayohat oqimi 2,3 foizga oshgan, mehmonxonalar bandligi esa 2 foizga ko'paygan. Bundan tashqari, sayohatchilar tobora yangi va kam ommalashgan yo'nalishlarni tanlayotgani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar