AsosiyBU QIZIQ

Bugun O‘zbekistonni jazirama “yutadi”: harorat 48 darajagacha ko‘tariladi

Ayrim hududlarda harorat 48 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun O‘zbekistonni jazirama “yutadi”: harorat 48 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O'zbekistonda 20 iyul kuni ekstremal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda "O'zgidromet" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, dushanba kuni respublika hududining aksariyat qismida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to'zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo'ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda 12–15 metrgacha kuchayishi va chang-to'zon ko'tarilishi mumkin. Harorat kechasi 27–29, kunduzi 41–43 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kechasi 22–27, kunduzi 34–39 daraja atrofida bo'ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzi havo 40–45 darajagacha isiydi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunduzgi harorat 40–45 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa 43–48 daraja bo'lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida kunduzi havo 40–45 darajagacha isiydi. Tog'oldi va tog'li hududlarda esa harorat 30–35 daraja, ayrim joylarda 37 darajagacha ko'tariladi.

Sinoptiklarning ma'lum qilishicha, O'zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari 13 iyul kuni kirib kelgan. Bu jarayon 20 iyulgacha davom etadi.

21 iyuldan boshlab respublika hududining barcha joylarida issiq havo chekina boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar