O'zbekistonda aholi va sayyohlar uchun xizmat ko'rsatayotgan hayvonot bog'lari soni 7 tani tashkil etmoqda.
Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga ko'ra hayvonot bog'lari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Farg'ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan.
Qayd etilishicha, mazkur hayvonot bog'larida jami 744 turdagi hayvonlar saqlanmoqda. Bu ko'rsatkich 2024 yilga nisbatan 107 taga yoki 12,6 foizga kamaygan.
Shu bilan birga, hayvonot bog'lariga qiziqish ortib bormoqda. 2025 yil davomida ushbu maskanlarga tashrif buyurganlar soni qariyb 1,5 million nafarni tashkil etgan. Bu 2024 yilga nisbatan 233,4 ming nafarga yoki 18,9 foizga ko'pdir.
Statistikaga ko'ra, o'tgan yili har 10 ming nafar aholiga to'g'ri keladigan hayvonot bog'lariga tashriflar soni 387 tani tashkil qilgan.
Mutaxassislar fikricha, hayvonot bog'lari nafaqat dam olish maskani, balki yosh avlodda tabiat va hayvonot olamiga mehr uyg'otish, ekologik madaniyatni oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.






