AsosiyJamiyat

Surxondaryolik ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarga Prezident sovg`alari topshirildi (Foto)

Termiz shahridagi “Turon” tantanalar saroyida Prezident archasi tadbiri bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirda viloyatning tuman va shaharlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari hamda 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. 

Viloyat hokimligi, xalq ta`limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi hamkorligida tayyorlangan bayram dasturida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qaxramonlarining chiqishi bolajonlarga haqiqiy bayramona sovg`a bo`ldi.

Tadbirda viloyat hokimi E. Turdimov yig`ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoit va ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar xaqida to`xtalib o`tdi. Shundan so`ng ko`rkam dasturxon atrofida o`tirgan bolajonlarga Prezident sovg`alari topshirildi. Qalblarida bir olam quvoch bilan zavq-shavqqa to`lib o`tirgan yoshlarimiz timsolida farovon, fuqarolari baxtiyor xalqimizning yanada nurafshon kelajagini ko`ramiz.









Boshqa yangiliklar