1

2016 Yil fojiasi: “Sizni aslo unutmaydi O`zbekiston!”

Jamiyat 03.01.2017, 10:47
Teglar: 2016 yil, Islom Karimov
2016 Yil fojiasi: “Sizni aslo unutmaydi O`zbekiston!”

O`tayotgan yilda  mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish borasida qo`lga kiritilgan yutuqlarni hech kim inkor etolmaydi. Ammo, bu yil xalqimiz tarixidagi eng katta yo`qotishlaridan biri sodir bo`ldi, desak yanglishmaymiz.

Quvonch nashidasi bilan o`tishi kutilayotgan edi...
Bu yil istiqlolimizning 25 yilligi, mustaqil O`zbekistonning chorak asrlik to`yini nishonlashga juda katta hozirlik ko`rildi. Bu sana «Go`zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O`zbekistonim!» shiori ostida, har qachongidan ham ko`tarinki ruhda, yanada jo`shqin va tantaravor o`tishiga har birimiz ishongandik. Eng ulug`, eng aziz bayram ulug` Yo`lboshchimiz, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida, baxt va quvonch nashidasi bilan o`tishi kutilayotgan edi. 

Ammo qutlug` to`y arafasida Yurtboshimiz salomatligi yomonlashgani haqidagi noxush xabar har birimizni qattiq tashvishga soldi. Millionlab insonlar duoga qo`l ochib, Yaratgandan mamlakatimiz rahbarining tezroq oyoqqa turib ketishini so`rashdi. O`sha kunlar butun O`zbekiston ahli tunlarni bedor o`tkazdi, desak, mubolag`a bo`lmas. 

Biz har yili 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami Birinchi Prezidentimizning samimiy tabriklari ila boshlanishiga o`rganib qolgandik. Yigirma to`rt yilki, bu an`ana o`zgarmay kelardi. Tabrik o`qib eshittirilgach, muhtasham sahna uzra san`atkorldarimiz ijrosida bayramona kuy-qo`shiqlar yangrar, go`zal raqslar ijro etilardi. Tadbir so`ngida Yurtboshimiz sahnadagi san`atkorlarni samimiy tabriklab, tomoshabinlar bilan xayrlashib, ulug`vor tabassum ila  davrani tark etar, biroq butun mamlakatimiz bo`ylab shodiyona, xursandchilik davom etardi. Nazarimizda har doim shunday bo`lib qoladigandek edi. 

So`nggi lahzagacha uzilmagan umid
Afsuski, hayotning hech kim bilan hisoblashmaydigan beshafqat qonunlari bor. Bu yil istiqlolning 25 yilligi bayrami boshqacha, tushkun kayfiyatda o`tdi. To`g`risi, bu bayram hech kimga tatimadi. Hammaning ko`nglida birgina ilinj miltirab turardi. To so`nggi lahzagacha xalqimiz umidini uzmadi. 

Har birimiz Yurtboshimiz xalq oldiga chiqib, “azizlarim, sizning duolaringiz bilan men sog`ayib ketdim, hali uzoq yillar siz bilan yonma-yon, baqamti turib, O`zbekistonimizga xizmat qilaman” deyishlarini chin dildan orziqib kutdik. 

Ammo, ajal fursati kelsa, uni bir soat oldinga ham, ortga ham surib bo`lmasligi ayni haqiqat ekan. 2016 yil 2 sentyabr oqshomida butun dunyo bo`ylab shumxabar yashin tezligida tarqaldi: 

“Buyuk davlat va siyosat arbobi, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov shu yil 2 sentyabr kuni og`ir kasallikdan so`ng vafot etdi”.

Bu xabar nafaqat millionlab yurtdoshlarimiz, balki xorijdagi vatandoshlarimiz, do`stlarimiz, xalqaro tashkilotlar va mamlakat rahbarlarini ham qattiq qayg`uga soldi. Mamlakatimizda uch kunlik motam e`lon qilindi. Yurtimizning barcha idora va tashkilotlarida, xorijiy vakolatxonalarida davlat bayroqlari tushirildi. 

Ozod va obod Vatan meros qoldi

3 sentyarb kuni erta tongda azim poytaxt ahli ko`zyosh va motam bilan Yurtboshimizning tobutini uning ona shahri Samarqandga kuzatib qoldi. Istiqlol yillarida ne-ne go`zal tantanalarga shohid bo`lgan muazzam Registon maydonida ham qayg`u va motam hukmron. Minglab yurtdoshlarimiz, xorijlik davlat va jamoat arboblari ishtirokida janoza o`qildi. 

Mana, butun umrini, hayotini el yurt ozodligi, hamjihatligi, tinchligiga baxsh etgan buyuk inson bugun o`z xalqining kiftida oxirat manzili tomon yo`l oldi. 

Yuzlab aziz-avliyolarning mangu maskoniga aylangan Shohi zinda majmusida, Hazrati Xizr qabristonida yana bir qabr paydo bo`ldi. 

Qariyb to`rt oydirki, gullarga burkangan bu munavvar qadamjodan ziyoratchilar qadami uzilmaydi. Shu paytga qadar bir qancha davlat rahbarlari, oliy martabali mehmonlar ham Yurtboshimiz qabrini ziyorat qilib, uning ruhiga hurmat bajo keltirishdi. 

Hazrat Alisher navoiy aytganlaridek:
  Bu olam ichra yo`qdurur baqo guliga sabot,
  Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.

Ha, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ibratli hayotlari, buyuk ishlari, xayrli amallari ila o`zlaridan abadiy ezgu nom qoldirib ketdilar. Yurtboshimiz o`zlari orzu qilganlaridek, biz – ko`p millionli, ko`p millatli O`zbekiston xalqiga U zotdan ozod va obod Vatan meros bo`lib qoldi. 

Alloh Sizni o`z rahmatiga olgan bo`lsin, Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo`lsin,  aziz va muhtaram Islom ota!

Sharhlar

Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

02.09.2022, 10:26

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi. Ushbu...
Davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

29.11.2019, 19:10

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 29 noyabr kuni rasmiy muzokaralardan so`ng, dastavval Ko`ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko`chatlar  ekishdi. Shundan so`ng, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik...
Islom Karimov bolaligida kimga o`xshagisi kelgan?

07.11.2018, 15:00

Islom Karimov fondi O`zbekistonning Birinchi prezidenti rafiqasining xotiralarini e`lon qildi.Tatyana Karimova Islom Karimovning bolaligi urush va urushdan keyingi og`ir damlarga to`g`ri kelgani haqida yozdi:"Urushdan keyin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1