1

2016 yil yo`qotishlari

Jamiyat 03.01.2017, 11:05
Teglar: 2016 yil
2016 yil yo`qotishlari

“Tug`ilish – bu o`lim sari tashlangan birinchi qadam” deb bejiz aytmagan mashoyixlar. Faqat umrni har kim har xil o`tkazadi. Kimdir faqat o`zi uchun yashab, bu hayotni izsiz tark etib ketadi, yana kimdir ulug` ishlari, unutilmas so`zlari, barakali ijodi ila o`zidan ezgu nom qoldirib ketadi. O`tayotgan yilda ham xalqimizning ko`plab buyuk farzandlari, fan, madaniyat, san`at va adabiyotimizning bir qator ulug` darg`alari  safimizni tark etishdi. 

O`lmas Saidjonov
2016 yilning 13 fevral kuni O`zbekiston xalq artisti O`lmas Saidjonov vafot etdi. 
1951 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Tuyaboshi qishlog`ida tavallud topgan O`lmas Saidjonov 2016 yilning 10 yanvar kuni qutlug` 65 yoshni qarshilagan edi.
 1972 yilda “Marhabo talantlar” ko`rik tanlovida g`olib bo`lgan O`lmas Saidjonov taniqli hofiz Komiljon Otaniyozovdan tahsil olgan.
O`zbek milliy mumtoz musiqasiga katta hissa qo`shgan san`atkor uzoq yillar davomida O`zbek davlat filarmoniyasida faoliyat yuritdi. O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlagan. 

Baxtiyor Qosimov
7 aprel san`atkorlar oilasi – Qosimovlar xonadoni uchun og`ir judolik yuz berdi. Shu kuni tongda o`z kasbining ustasi, ustozoda aktyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Baxtiyor Qosimov olamdan o`tdi.
Baxtiyor Qosimov 1953 yilning mart oyida Qo`qonda tavallud topgan. Uning san`at olamiga qadam qo`yishi shunchaki havas yo tasodif emasdi. Otasi hozirgi O`zbek Milliy akademik drama teatrining etakchi aktyori Ne`mat Qosimov edi.
1988 yili O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 
1989 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati bo`lgan. Teatr tarixida eng yosh aktyor sifatida bu mukofotga loyiq topilgan bu – Baxtiyor Qosimov.

San`at Devonov
27 aprel O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov 84 yoshida olamdan  o`tdi. 
O`zbek teatr va kino san`atida o`chmas iz qoldirgan aktyor San`at Devonov 1932 yilning 9 may kuni  Xorazmda tavallud topgan edi.
San`at Devonovga teatr sahnasida va kinoda yirik qahramonlar obrazini gavdalantirish nasib etadi. U "Gamlet"da Gamlet, "Navoiy"da Alisher Navoiy, "Tohir va Zuhra"da Tohir rolini ijro etdi. Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi Sharif obrazi unga katta shuhrat olib kelgandi. 

Erkin Vohidov
30 may   kuni O`zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovnnig yuragi urishdan to`xtadi. 
Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabr kuni Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. 
Ilk she`riy to`plami «Tong nafasi» 1961 yilda nashr etilgan. Shundan so`ng ko`plab yangi to`plamlari dunyo yuzini ko`rdi. Erkin Vohidov «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» va «Ikkinchi tumor» pesalari muallifi hisoblanadi. Gyotening «Faust» tragediyasi, Esenin, Tvardovskiy, Blok, Iqbol, Hamzatov va boshqa shoirlarning she`rlarini o`zbek tiliga o`girgan.

Melis Abzalov
25 oktyabr kuni  O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli rejissyor Melis Abzalov Shvesiyaning Stokgolm shahrida  vafot etdi. 
Melis Abzalov 1938 yil 18 noyabrda Yangiyo`lda tavallud topgan. 
Abzalov aktyor sifatida Abdulla («Ettinchi o`q»), Olloyorboy («Inson qushlar ortidan boradi»), Eshon Zaynullo («Qo`qon voqeasi»), Qorashoh («Arslonning sarguzashtlari») va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissyor sifatida «Chinor ostidagi duel», «Suyunchi», «Kelinlar qo`zg`oloni», «Armon», «Maysaraning ishi», «Ko`zlarim yo`lingda», «O`tgan kunlar», «Chimildiq» kabi betakror filmlarni suratga olgan.

Abdulla Oripov 
5 noyabr kuni O`zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, davlat va jamoat arbobi, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov AQShning Xyuston shahrida  76 yoshida vafot etdi.
1976 yildan 1982 yilgacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, bo`lim kotibi (1982−1983), «Gulxan» jurnali bosh muharriri (1983−1985), 1985 yildan — O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1996 yildan 2009 yilgacha rais vazifasida faoliyat ko`rsatdi. 
Abdulla Oripovning ilk  to`plami «Mitti yulduz» 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning «Ko`zlarim yo`lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O`zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Najot qal`asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she`riy to`plamlari bosilib chiqqan.
Shoir Dantening «Ilohiy komediya"si, Nekrasov, Shevchenko, Kuliev va ko`plab mualliflarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgandi.

Ismoiljon Vahobov
 19 noyabr kuni O`zbekiston xalq Hofizi, “Do`stlik” ordeni sohibi  Ismoiljon Vahobov olamdan o`tdi.
Ismoiljon Vahobov 1949 yil 19 yanvarda Andijon viloyatining Chinobod shaharchasida tavallud topgan. 1967 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o`qishga kirib, 1975 yilda y ukasi Isroiljon bilan birgalikda Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblida ishlay boshladi. U jo`rovozlikda, mumtoz maqomlar, zamonaviy qo`shiqlar, sharq xalqlarining ijro namunalarini kuyladi. 

O`tganlarning oxirati obod bo`lsin!

Sharhlar

​2016 yilda «O`zbekinvest» olgan sug`urta majburiyatlari 58,5 trillion so`mni tashkil etdi

01.02.2017, 16:51

«O`zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasida 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.Kompaniya 2016 yildagi investisiya dasturiga kiritilgan to`qsonga yaqin loyihaga...
2016 Yil fojiasi: “Sizni aslo unutmaydi O`zbekiston!”

03.01.2017, 10:47

O`tayotgan yilda  mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish borasida qo`lga kiritilgan yutuqlarni hech kim inkor etolmaydi. Ammo, bu...
2016 yilda “yulduz”ini topgan mashhurlar

03.01.2017, 10:12

Tobora yakuniga etib borayotgan 2016 yil ko`pchilik san`atkorlar uchun ijod borasida sermahsul bo`ldi. Ayrim ijodkorlar shaxsiy hayotida ham tub burilish yasay oldi. To`ylar mavsumi o`tgan...
Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi

10.11.2016, 22:25

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 10 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvni O`zLiDePning Qoraqalpog`iston...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1