1. Aktyor Jo Peshi haqiqatan ham kichkina Makoley Kalkin (Kevin)ning undan rosmana qo`rqishi uchun bor kuchi bilan harakat qilgan. Shuning uchun u s`yomka maydonchasida Makoleyning ko`ziga kamroq tashlanishga intilgan. Hattoki suratga olish maydonchasida u kichkina Kalkinni ilgakka ilib qo`yayotganda haqiqatan ham uning barmog`ini tishlab, qonatib yubordi. Bu chandiq Makoley Kalkin uchun filmdan bir umr esdalik bo`lib qoldi!
2. Kevin videomagnitafonda tomosha qilgan film hayotda suratga olinmagan, yo`q filmdir. Videomagnitafonda namoyish qilinayotgan parcha aynan “Uyda yolg`iz”filmi uchun suratga olingan bo`lib, “Nopok qalbli farishtalar” deb ataladi.
3. Aktyor Deniel Sternning yuzidagi haqiqiy o`rgimchak edi. Aktyor qo`rquvni ovoz chiqarmay, yuzida aks ettirishi lozim bo`ldi, agar baqiradigan bo`lsa, o`rgimchak qochib ketishi mumkin edi. Bu sahna muvaffaqiyatli ravishda, birinchi dubldayoq suratga olindi, ovoz esa keyin yozildi.
4. Kevinning qo`lidagi Talkboy diktafoni konsept-model bo`lib, aslida hayotda yo`qdir. Ammo ko`p sonli muxlislarning iltimosiga binoan aynan shunday model xaridga chiqarildi.
5. Garri va Marvin olgan tan jarohatlari hayotda o`limga olib keladi. Buni faqatgina 2012 yilda vrachlar rasman tan oldi!
6. Garri roliga Robert de Niro va Jon Lovitslar taklif etilgan edi. Ammo ular filmda suratga tushish taklifini rad etishgan.
7. Mazkur Kevin roli Makolay Kalkin uchun maxsus yozilgan bo`lsa-da, kastingda yuzdan ortiq bola ishtirok etgan.Film ijodkorlari Kevin roliga Makolay Kalkindan boshqa odam mos emasligiga ishonch hosil qilish uchungina kasting o`tkazishgan.
8. Surbetlarcha birovning buyumlarini titkilaydigan qo`shni yodingizdami? Jeffri Uayzmen avvaliga Kevin rolida o`ynash uchun harakat qilgandi! Bu ularning yagona raqobati emas. Oradan bir necha yillar o`tgach, ular “Boyvachcha Richi” filmidagi bosh rol uchun ham kurashishdi.
9. Makoley Kalkinning akasi Kiran ham mazkur filmda suratga tushgan. U Kevinning amakivachchasi Fuller rolini ijro etgan
10. Marv yalangoyoq bosib yuradigan “shisha” siniqlari aslida konfet qog`ozlardan yasalgan, aktyor har ehtimolga qarshi oyog`iga rezina paypoq kiyib olgan.
11. Kevinning ota-onasi aeroportda o`g`lining yo`qligini sezmaganini hamon tushunmaysizmi? Kevinni chordoqqa jo`natib yuborish sahnasini qaytadan tomosha qiling. Stolga to`kilgan pepsini salfetka bilan artgan Kevinning otasi tasodifan salfetkaga qo`shib, uning chiptasini ham axlat qutiga tashlab yuboradi.
12. Kevin akasi Bazzaning xonasidan uning yoqtirgan qizining portretini topadi. Bu suratda aslida qiz emas, postanovkachi rejissyorning o`g`li grimda suratga tushgan. Rejissyor haqiqiy qiz bolaning ustidan kulishni istamagan.
13. Aktyor Jo Peshi aksariyat hollarda uning personaji bo`ydoqligini unutib, nikoh uzugi bilan suratga tushgan.
14. Makkalisterlarning uyini tomosha qilishga borishingiz mumkin. U Chikagodagi Vinnetka qishlog`ida joylashgan. Uch qavatli uy 2012 yilda 1 585 000 dollarga sotilgan. Hozirda u sayyohlik attraksioniga aylantirilgan.
15. 18 million dollarga suratga olingan film 476,7 million dollar daromad olib kelgan.
Onedi.ru nashri