Maʼlumotlarga ko‘ra, ularning ayrimlari jazoni ijro etish muassasalari yoki deportatsiya markazlarida saqlanmoqda. Qolganlari esa mamlakat hududini tark etmaslik sharti bilan ozod qilingan. Huquqiy choralar har bir shaxsning holatga qay darajada aloqadorligi hamda o‘tkazilgan mablag‘lar miqdoriga qarab belgilanmoqda.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan bo‘lib, fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatayotganini bildirgan.
Shuningdek, konsulxona Turkiyada yashayotgan yoki bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini bank kartalari va hisob raqamlarini boshqa shaxslarga bermaslikka chaqirgan. Fuqarolarga kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan mablag‘larni qabul qilmaslik va ularni boshqa manzillarga o‘tkazmaslik tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tish joiz, Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday harakatlar og‘ir huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.






