Toshkent shahri Ganga dahasida 3 yanvar, seshanba kuni tunda mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Gentra haydovchisi sirpanchiq yo`lda boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda mashina o`ng tomonga og`ib ketgan va yo`l chetidagi ustunga borib urilgan. Suratlarda avtomobilning qattiq zarb natijasida jiddiy zarar ko`rgani aks etgan.
Internet foydalanuvchilarining izohlarda yozib qoldirishicha, haydovchi tirik, shifoxonada unga tibbiy yordam ko`rsatilgan.


