AQShning Yuta shtatida uyda yolg`iz bo`lgan ikki yoshli egizak bolalarni shiftga o`rnatilgan videokamera suratga oldi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.
Bolalardan biri o`yin jarayonida burchakda turgan kiyim javonining tortmasini ochib osildi. Javon bolaning og`irligini ko`tara olmay, uning ustiga quladi. Egizaklardan biri nima voqea ro`y berganini anglash uchun biroz kalovlanib qoldi va javonni ko`tarib uning tagidan akasini qutqardi. Qutqaruv ishi uchun atigi 2 daqiqa vaqt ketdi. Bundan bolalarning ota-onasi bexabar qoldi.
Egizaklarning ota-onasi mazkur voqea boshqa ota-onalarni ogohlikka chorlashi uchun, hech qachon bolalarni yolg`iz qoldirmaslikka undash maqsadida videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.





