2017 yilning 1 yanvaridan e`tiboran O`zbekiston Hukumati mobil aloqa xizmatini ko`rsatayotgan (uyali aloqa kompaniyalari) yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganligi uchun to`lov qiymatini oshirdi.
Endilikda mobil aloqa operatorlari 2017 yildan boshlab har bir abonent uchun 2000 so`mdan to`lashadi, bu esa 2016 yilga nisbatan 500 so`mga ko`pdir, deya xabar beradi UzDaily.
To`lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Raqamlar soni esa to`lov amalga oshiriladigan har bir oyning so`nggi sanasi holatiga ko`ra belgilanadi. Mazkur to`lov Hukumat tomonidan 2012 yilda kiritilgan edi.