AsosiyJamiyat

Yo`lovchi bojxona deklarasiyasini Yagona portal orqali to`ldirish mumkin

Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan bojxona chegaralari orqali harakatlanadigan jismoniy shasxlar uchun 2013 yilda qo`mita veb-sayti orqali yo`lovchi bojxona deklarasiyalarini to`ldirish va chop etish xizmati joriy qilingan edi.  

Ya`ni jismoniy shaxslar deklarasiyani PDF formatida saytdan ko`chirib olishlari, unga tegishli ma`lumotlarni elektron tarzda kiritishlari mumkin. Ma`lumotlarni kiritib bo`lgach, deklarasiyaning to`g`ri to`ldirilganligini uning quyi qismida joylashgan "tekshirish" tugmasi orqali tekshirib ko`rish imkoni mavjud. Agar xatolar aniqlansa, ularni tuzatgach deklarasiyani A-5 formatdagi oddiy qog`ozning mos ravishda old va orqa tomoniga 2 nusxada chop etib, bojxona postida taqdim etish yo`lga qo`yilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Endilikda jismoniy shaxslar ushbu xizmatning yanada takomillashgan shaklidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham foydalanishlari mumkin

DBQ veb-saytidan farqli o`laroq, portalda to`ldirilgan yo`lovchi bojxona deklarasiyasini identifikasion kod bilan birgalikda onlayn rejimda olishlari va A5 formatida qohozga chop etib, bojxona postida taqdimlari mumkin.  

Shuni yodda tutish kerakki, “Yo`lovchi bojxona deklarasiyasi”ni elektron taqdim etish davlat interaktiv xizmatidan foydalanib onlayn tarzda to`ldirish uchun “Internet Explorer” brauzeridan foydalanishlariyokiboshqa brozerlardan foydalangan hollarda deklarasiyani kompyuterga yuklab olib to`ldirish uchun “.pdf” formatini o`qiy oladigan dasturlar (masalan, Adobe Acrobat Reader DC, Adobe Acrobat Pro, Foxit Reader va boshqalar) o`rnatilgan bo`lishi lozim.

Mazkur xizmatdan foydalanish jismoniy shasxlarga yo`lovchi bojxona deklarasiyasini kompyuter yordamida o`zlariga qulay bo`lgan vaqtda va bojxona postidan tashqarida (ofis, ish joyi yoki uyda) istalgan joyda to`ldirish imkonini beradi.

Natijada jismoniy shaxslar bojxona postlaridagi bayonnomalarni to`ldirish ustunlarida navbat kutish, o`zlari tanlagan tildagi blankalarni izlash kabi juz`iy muammolarga duch kelishmaydi hamda ularning vaqti tejaladi.

Yo`lovchi bojxona deklarasiyasini elektron shaklda to`ldirish vaqtida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni o`sha vaqtning o`zida tuzatish imkoniyati mavjud. Bojxona postlarida qog`oz shaklida to`ldirish jarayonida esa xatolikka yo`l qo`yilsa, yana yangidan to`ldirishga to`g`ri kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar