Shohruhxon puli to`lanmagan to`yda xizmat qilib, to`y egalarini xursand qilgani haqida so`zlab berdi.
Xonanda Shohruhxon “Darakchi” gazetasining 2017 yildagi ilk soni mehmoni bo`ldi va ko`plab qiziqarli savollarga javob berdi.
Xususan, xonanda faoliyati davomida to`ylarda tekinga xizmat qilgan hollari ham bo`lganini aytib o`tdi:
“Bunday vaziyat ko`p bo`lmaydiyu, lekin uchrab turadi. Shunday holatlardan biri yodimda qolgan. To`yxonaga borganimizda to`y egasi ‘Sizga bugun xizmat haqqingizni berishim kerak edi. Lekin bor pulimni to`yxonaning ijarasiga berdim. Uzr, sizni ovora qildim’, degan. Shunda sozandalarimga ‘Yuringlar, qo`shiq aytib bersak, bizdan hech nima ketmaydi!’ deya to`y egalarini xursand qilgandik”.
Shohruhxon bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonida o`qishingiz mumkin.