AsosiyDunyo
4875

Rossiya-Estoniya chegarasida qarg`a pasportni o`g`irlab, uchib ketdi (Video)

Rossiya-Estoniya chegarasida g`alati voqea ro`y berdi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru”nashri. 

Qarg`a Estoniya fuqarosi bo`lmish erkakning pasportini olib, noma`lum tomonga uchib ketdi. Qarg`ani ushlashga harakat qilgan chegarachi buning uddasidan chiqolmadi. Videoga izoh berilishicha, Estoniya fuqarosi Rossiyadan kelayotgan bo`lgan.

Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Foydalanuvchilarning aksariyat qismi buni qarg`aning Yangi yil hazili deb atadi. Rossiyaning Shimoli-G`arbiy bojxona boshqarmasi ham bu faktning haqiqatan ro`y berganligini tan oldi.

Boshqa yangiliklar