AsosiyDunyo
3414

Xitoydagi qariyalar uyida chiqqan yong`in oqibatida 7 kishi halok bo`ldi

Xitoyning Girin viloyati Xueynan uezdidagi shaxsiy uylardan birida joylashgan qariyalar uyidagi yong`in oqibatida 7 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Yong`in mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da boshlangan. Bu paytda bino ichida 39 kishi bo`lgan. Yong`in 20 daqiqadan keyin o`chirilganiga qaramay, 7 kishi halok bo`ldi. Hozircha uning kelib chiqish sababi aniq emas, surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar