AsosiyShou-biznes

Suxandon Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi

O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor, taniqli suxandon, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko`rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqan, so`ng shifoxonaga tushgan. Ayni damda diktorning salomatligi joyida. U Toshkentdagi  shifoxonalardan birida davolanmoqda.

Ma`lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O`zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan.   

“Darakchi.uz” jamoasi nomidan Nasiba Maqsudovaga mustahkam sog`lik tilaymiz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar