Rossiya Federasiyasi FVVning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 7 yanvar kuni M-32 “Samara-Uralsk” yo`nalishining 76 kilometrida, Aleksandrovka va Ledyayka aholi punktlari oralig`ida yo`lovchi avtobus va engil avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH oqibatida engil avtomashinada bo`lgan 3 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo`lishgan.
1. Norbaev Norbek Olenbaevich 01.08.1978 y.t. (pasport AA 3839255).
2. Xudayberganov Marks Ibragimovich, 24.03.1978 y.t. (pasport AV 0226688).
3. Bobojonov Kaxramon Fayzuloevich, 24.01.1979 y.t. (pasport AA 9994522).
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda halok bo`lganlarning yaqinlariga zaruriy yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.





