AsosiyDunyo

Sher, Keti Perri va boshqa mashhurlar Trampga qarshi norozilik namoyishiga chiqadi

Mashhur xonandalar Sher va Keti Perri, aktrisa Skarlett Yoxansson va boshqa yulduzlar AQShning yangi prezidenti Donald Trampga qarshi ayollar tomonidan o`tkaziladigan norozilik namoyishida ishtirok etadi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Protest v San-Fransisko posle prezidentskix vborov

Mazkur norozilik namoyishi 21 yanvar kuni, yangi prezidentning inaugurasiyasidan keyin Vashingtonda do`stona tarzda o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan mashhurlarga aktrisalar Amerika Ferrera, Emi Shumer, Julianna Mur va Frensis Makdormendlar ham qo`shiladi.

Protest v Sietle posle prezidentskix vborov

O`sha kuni AQShning boshqa shtatlarida ham xuddi shunday namoyishlar o`tkaziladi. Masalan, Yuta shtatida o`tkaziladigan tadbirga aktrisa va teleboshlovchi Chelsi Xendler rahbarlik qiladi.

Protest v Nyu-Yorke posle prezidentskix vborov

AQShning 45 prezidenti bo`lgan Donald Trampning inaugurasiyasi 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12.00 da, kongresslar o`tkaziladigan Kapitoliya binosida bo`lib o`tadi. Tramp inaugurasiya nutqini shaxsan o`zi yozishni rejalashtirgan. Mazkur tadbirda uch millionga yaqin odam ishtirok etadi.

Pevisa Ledi Gaga s plakatom protiv kandidata v prezident SShA Donalda Trampa u bashni Trampa v Nyu-Yorke

Protest v Oklende posle prezidentskix vborov

Protest v Nyu-Yorke posle prezidentskix vborov

Protest v Nyu-Yorke posle prezidentskix vborov

 

Boshqa yangiliklar