Ayol sakkiz yil davomida Singapur xalqaro aeroportida yashadi. Bu haqda Strait Times nashri yozdi.
Kutish zalida noilojlikdan yashayotgan boshqa qo`shnilaridan farqli o`laroq uning uy-joy yoki hujjatlar bilan bog`liq hech qanday muammosi yo`q.
2008 yilda moliyaviy inqirozdan so`ng u pul etishmovchiligiga duch keldi hamda og`ir kunlarini aeroportda o`tkazishga qaror qildi, biroq shu tarzda u erda bir necha yil qolib ketdi. O`zining uch xonali uyini esa ijaraga topshirdi.
U aeroportning qulayliklariga o`rganib qoldi. Kutish zallarida doimiy ravishda kondisionerlar ishlaydi, fud-kort va supermarketlar bor, dush va bepul Wi-Fi’dan foydalanish imkoni ham bor. U uyini sotmoqchi, ammo aeroportni tark etish niyati yo`q.
Ayoldan tashqari Singapur xalqaro aeroportida yana 10 kishi doimiy iste`qomat qiladi.





