1

Yigitga sovchi keldi...

Mutolaa 12.01.2017, 11:06
Teglar: SUGDIYONA
Yigitga sovchi keldi...

Kecha uydagilar narigi “do`m”da turuvchi Manzuralarnikiga sovchilikka borishdi. Noz qilib, sovchilarimni qaytaribdi. Nima emish, chet ellik yigitga tegarmish. O`rgildim nozingizdan.  Aytishlaricha, Hindistonda bo`lajak kuyovning uyiga sovchi kelarkan. G`alati-ya! Tasavvur qiling, bizda ham shu an`ana urfga kirsa. Yigit o`qishga ketgan. Ota-onasi uyda o`tirishibdi. Bir payt eshik qo`ng`irog`i jiringlaydi. Ochishsa, qo`lida tog`ora ushlagan erkaklar.

— Kelinglar, mehmonlar, xush kelibsiz.

— Xush vaqt bo`ling, oka.

Mehmonlarni mehmonxonaga uyning xo`jayini boshlab kiradi. Mehmonlar o`tirgach, ularga choy uzatiladi. U yoqdan-bu yoqdan gap bo`ladi, futbol haqida gaplashishadi, keyin sovchi bo`lmishlar gap boshlashadi:

— Shoqosim aka, uyingizga bir yumush bilan keldik.

— Xo`sh, — Shoqosim aka garchi hamma gapni sezib turgan bo`lsa-da, an`anaga sodiq qoladi.

— Shu desangiz, ostonangizga qulchilikka keldik.

— Yo`g`-ey, qul kerakmas, hamma ishni xotinimning o`zi uddalayapti.

— Oka, siz bizni tushunmadingiz, uyingizda bir bulbul bor ekan, bizda esa g`uncha. Keling, bulbulingizni g`unchamizga qo`ndiraylik.

Shoqosim aka o`g`liga birinchi bor sovchi kelgani bois “sovsem” tushunmaydi:

— «Mazgi»ga o`ynamang, mehmon, kim aytdi menda bulbul borligini, ikkita bedanam bor, xolos. Lekin unga gul ham, g`uncha ham, tikan ham kerakmas. Hamma narsani muhayyo qilib qo`yganman.

Sovchilar:

— «Karoche», gap bundoq, oka, institutda o`qiydigan Mamarayim degan o`g`lingiz bor ekan, qizimiz Sayyoraning ko`ngli shunga tushib qolibdi. Agar rozi bo`lsangiz, shu o`g`lingizni qizimizga so`rab kelgandik.

Shoqosim aka:

— Ha, qog`ozga o`ramay “pryamoy” aytmaysizmi? Rahmat kelganlaringiz uchun, lekin o`g`limiz hali yosh, endigina o`ttizga kirdi. Uning ustiga o`g`lim nima derkan?

Shu payt Mamarayim ham o`qishdan qaytadi. Onasini ko`rib, “Ena, kim keldi, nima sasiyapti, ha, tuflilarmi, kimning tuflilari bu?” deydi aftini bujmaytirib.

Onasi:

— Senga sovchi kelibdi.

Mamarayim uyalib erga qaraydi.

Onasi:

— Tovuq fermada ishlaydigan Sayyora senga sovchi yuboribdi.

— Ey, qo`ying-ey.

— Ertaga uchrashuvga chiqasan, seni “Spark”ida kelib olib ketar ekan.

— Chiqmayman, boring-ey.

— Nima deysan, rozimisan?

— Mayli, sizlar nima desalaring shu.

G`alati bo`larkan-a? Qizlarim noz qilsa ham, o`zimizning urf-odatlardan qo`ymasin. Men ham ko`chada qolmasman, tengim chiqib qolar.

Sunnatillo

Sharhlar

Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?

20.01.2017, 11:59

Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo`lganiga ko`ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko`zgu qarshisiga turing-da, suratda ko`rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:...
«Ohu ko`zlar» pardozining 6 qoidasi

20.01.2017, 11:46

Yaqin kunlarda to`yga yoki biror oqshomga otlanayapsizmi? Qanday pardoz qilsam ekan, deb boshingiz qotganmi, unda ushbu pardozni sinab ko`ring. Bu pardoz uchun sizga kulrang, tillarang...
Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri

19.01.2017, 14:24

Kimning katta yutuqlarga erishib, omad cho`qqilarini zabt etgisi kelmaydi, deysiz. Bilmaymizki, hammasi o`z qo`limizda va buning yo`li juda ham oddiy. Quyida ular bilan tanishasiz... Har...
To`ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona

17.01.2017, 16:39

Mustahkam oila – muammolarsiz emas, balki ularni hal etishga qodir oiladir. Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti: – Ota, shuncha yillik turmush...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1