Turkiya polisiyasining sobiq xodimi, Rossiya elchisi Andrey Karlovni Anqarada otib o`ldirgan qotil Mevlyut Mert Altintash nomsiz qabristonga dafn etiladigan bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchining yaqinlari uning jasadini o`likxonadan olib ketishdan bosh tortdi. Ular 15 kun mobaynida jasadni olish huquqiga ega bo`lsalar-da, 3 haftadan beri hech kim jasadni olib ketmadi. Shu sababli qotilning jasadini dafn etish masalasi mahalliy munisipalitet vakillari bilan muhokama etildi.