Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi 27–28 yanvar kunlari Tojikiston U-20 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`rtoqlik uchrashuvlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadi. Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston termasidan tashqari futzal bo`yicha qit`a birinchiligida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.
Ma`lumot uchun, futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg`ulotlarga jalb qilgan edi.





