Turkiyaning Boeing 747 yuk samolyoti Bishkek yaqiniga qulashi oqibatida 20 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Bugun dushanba tongida, Gonkong-Bishkek reysini amalga oshirayotgan Turkiyaning Boeing 747 yuk samolyoti Bishkek aeroporti yaqinidagi dala hovlilar qurilgan qishloqqa quladi. Oqibatida 2 ta uy yonib ketdi. Tinch aholidan 20 kishi va ekipaj a`zolari halok bo`ldi.
“So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, qishloqdagi 15 ta uy vayronaga aylangan, 20 kishi halok bo`lgan”,– deb ma`lumot berdi FVV vakili.
Hozirda hukumat vayron bo`lgan uy egalarining aniq sonini aniqlamoqda.
Samolyot halokatga uchragan Soquluk tumaniga Qirg`iziston respublikasi bosh vazirining birinchi o`rinbosari Muhammatkaliy Abulg`oziev, FVV boshlig`i Qubatbek Bo`ronov, transport va yo`llar vazirligi rahbari Jamshitbek Kalilovlar etib keldi.





