EasyJet kompaniyasi styuardessasi buterbrodni eb qo`ygani uchun ishdan bo`shatildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, styuardessaga ekipaj a`zolaridan biri buterbrod bergan. Shundan keyin uning hamkasbi buterbrod joyiga qaytarilmagani uchun EasyJet aviakompaniyasiga qizning ustidan shikoyat qilgan.
Aviakompaniya mazkur fakt yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazib, styuardessa va ekipaj a`zosini ishdan bo`shatdi.
EasyJet aviakompaniyasining ish tartibiga ko`ra, syuardessa unga buterbrod bergan ekipaj a`zosidan chek talab qilishi lozim edi.





