1

Dunyoni muhabbat boshqarishini tasdiqlovchi 12 hayotiy voqea

Dunyo 16.01.2017, 14:22
Teglar: Muhabbat, Oila
Dunyoni muhabbat boshqarishini tasdiqlovchi 12 hayotiy voqea

Ona zaminimizda yashovchi har bir inson Yangi yil kuni mo``jiza kutadi. Aslida esa haqiqiy mo``jizani oddiy odamlar yaratishini har doim ham anglayvermaydilar. Uni yaratish har bir insonning qo`lidan keladi. Quyidagi voqealarni o`qisangiz, siz orzu qilgan mo``jizani mehr-muhabbat yartishiga yana bir bor amin bo`lasiz.

Ko`zi ojiz rafiqasini xursand qilish uchun 2 yil mobaynida gul ekkan erkak

Yaponiyalik er-xotin Kuroki (Kuroki)larning turmush qurganiga 30 yil bo`ldi. Ular bir umr fermada xo`jalik ishlari bilan shug`ullanishdi, ikki farzandni voyaga etkazib, nafaqaga chiqqandan keyin sayohat qilishni orzu qilishgandi. Ammo to`satdan ayolning ko`zlari ko`rmay qoldi va o`zi istamagan holda tarki dunyo qilishga majbur bo`ldi. Uni hayotga qaytarish maqsadida eri ikki yil mobaynida uyi atrofiga gul ekdi. Rafiqasining gullarni ko`rmasa-da, hididan bahramand bo`lishiga umid qildi. Atrofi gullarga burkangan uyni ko`rish uchun ko`pchilik bu erga tashrif buyuradigan bo`ldi. Kurokilarning o`zi esa odamlar oqimidan zavqlanib, ularni hovlidagi o`rindiqda o`tirgancha, baxtli tabassum bilan kuzatadigan bo`ldi. 

Bu yigit unashtirish marosimini ham, to`yni ham bir kunda o`tkazdi

2016 yilning 1 oktyabr sanasi Sherrell Vudvord (Sherrell Woodward)ning xotirasida bir umr qoladigan bo`ldi. Aynan shu kuni Alfred Dunkan (Alfred Duncan) ismli yigit sevgi izhor qilib, uning qo`lini so`radi. Qizning roziligini olgan yigit 6 soatdan keyin to`yni boshlab yubordi!

Alfredning aytishicha, u to`yini 6 oydan keyin o`tkazishni rejalashtirgandi, ammo yaqinlari va do`stlari ko`magida to`yni 6 soatda o`tkazishga muvaffaq bo`ldi. Kelinning dugonalaridan biri Sherrellning qanday to`y ko`ylagi kiyishni orzu qilishidan xabar topgach, aynan shu ko`ylakni tiktirib, sovg`a qilishdi.

57 yildan beri falaj rafiqasiga g`amxo`rlik qilgan erkak

Mana 57 yildan beri xitoylik Chjou Yu Ay (ZhouYu Ai) ismli erkak falaj rafiqasiga g`amxo`rlik qilib, uni sevishdan to`xtagani yo`q. 1959 yilda bo`lgan to`ylaridan 5 oy o`tgach, kelin bedavo dardga chalinib, yurolmay qoldi. Erkakning do`stlari rafiqasidan ajrashib, hayotini boshqa sog`lom ayol bilan bog`lashni maslahat berishdi, ammo Chjou bunday nasihatlarga quloq tutmadi. U ishini tashlab, bor vaqtini rafiqasiga bag`ishladi, shu bilan birga bo`sh vaqtlarida fermerlik bilan shug`ullandi. U har kuni sevimli rafiqasiga qoshiqlab ovqat ediradi, massaj qiladi, dorilarini ichiradi va kelajakda sevgilisining dardiga malham topilishiga ishonadi. Mana buni haqiqiy muhabbat, sadoqat va olijanoblik deb atash mumkin!

AQShlik oila bir kunda 4 farzandni asrab oldi

Keyliva Jeremibir necha yillardan beri farzand ko`rishni orzu qilganiga qaramay, sog`liklari ko`tarmaganligi bois, ezgu niyatlari amalga oshmadi. Ular farzandlarini dunyoga keltiradigan surrogat ona topishga qaror qilishdi. Bunday ayol topilgach, ular ayol to bolani dunyoga keltirguncha, unga g`amxo`rlik qilishdi. Ammo surrogat ona bola tug`ilgach, fikridan qaytib, bolani bermasligini ma`lum qildi. Oradan ko`p o`tmay, ularning kichkintoyi o`lik holda topildi.

Biroq taqdirning inoyati bilan ularning farzandi olamdan o`tgan kuni ijtimoiy xizmat vakillari qo`ng`iroq qilib, 1 va 2 yoshli qizaloqlarni asrab olishni taklif qilishdi. Oradan bir necha soat o`tgach, yana 9 oylik egizaklarni boqib olish taklifi tushdi. Maslahatlashgan er-xotin bir sutkada 4 qizaloqni asrab olishga qaror qilishdi. Endi ularning oilasi katta oilaga aylanib, xonadonlari bolalarning quvnoq kulgilariga to`ldi!

Turmush qurganiga 52 yil bo`lgan er-xotin har kuni bir xil rangli kiyim kiyadi

76 yoshli Ed va 74 yoshli Frenlarning turmush qurganiga 52 yil bo`ldi. Oradan yarim asr o`tganiga qaramay, ularning bir-biriga bo`lgan muhabbati so`nmagan, balki alangalangan. Ular har doim birga yurishadi. Bir necha yillar muqaddam odamlarga haqiqiy juftlik ekanligini ko`rsatish maqsadida bir xil rangdagi kiyim kiyishga qaror qilishdi. Mana buni fikrlar, his-tuyg`ular, did birligi deb atash mumkin!

Avtohalokatga uchragan kelinni mehrobgacha qo`lda ko`tarib borgan kuyov

To`yiga bir oy qolganda Xanna Patterson (HannahPatterson) avtohalokatga uchradi. Tos suyagining uch joydan sinishi, ichki a`zolarning shikastlanishi qizning tezda oyoqqa turishiga yo`l qo`ymadi. Qiz to`yi kuni nogironlik aravachasida o`tirishga majbur bo`ldi. Xanna bundan juda ezilib, yig`ladi. Nikoh kechasida nogironlik aravachasida kelayotgan kelinni ko`rgan kuyov sakrab o`rnidan turdi va uni dast ko`targancha mehrob yoniga olib bordi. Yonida shunday mehribon va g`amxo`r yori borligidan boshi ko`kka etgan kelin ayni paytda ancha tuzalab qoldi.

“Murosaga kelish sirlari”ni 9 yil ochmay, saqlagan juftlik

To`y kuni Keti va Brendonlar “Ilk janjalga qadar ochilmasin!” degan yozuvli qutini sovg`a sifatida olishdi. Bu sovg`ani turmush o`rtog`i bilan 50 yil baxtli hayot kechirgan kelinning buvisi sovg`a qilgan edi. Juftlik 9 yil mobaynida arzimagan janjallar qutini ochishga majbur qilmasligi uchun ham ahil-inoq yashashga harakat qilishdi.
To`y sovg`asi ularning munosabatlariga putur etkazmasligigaga amin bo`lgan Keti va Brendon oradan 9 yil o`tgach, uni ochib ko`rishga qaror qilishdi. Quti ichidagi buyumlarni ko`rgan er-xotin o`zlarini kulgidan to`xtata olmadi. Qutida romantik oqshomni nishonlash uchun ikkita bokal, shamlar, gul va pissa sotib olish uchun pullar turardi. Ular haqiqiy baxtning kaliti quti ichida emas, aynan o`zlarida ekanligiga amin bo`lishdi!

86 yoshli kelin va 85 yoshli kuyov muhabbat yosh tanlamasligini isbotladi

Muhabbat uchun yoshning ahamiyati yo`q. Milli Teylor-Morrison (Millie Taylor-Morrison) ning 41 yillik turmushidan keyin, 1992 yilda eri vafot etdi. Uning nazarida hayot to`xtab qolganday tuyuldi. Ammo bundan bir necha yil muqaddam Milli tasodifan bolalikdagi do`sti Garoldni uchratib qoldi. O`sha paytda Garold qattiq kasal edi, Millining g`amxo`rligi, mehribonligi uni hayotga qaytarib, mo``jiza yuz berdi. Oyoqqa turgan Garold Millining uyiga ko`chib o`tdi. 2016 yilning oktyabr oyida 85 yoshli kuyov va 86 yoshli kelin nikoh to`yini o`tkazishdi. 

Bolakay sinfdosh qiziga “zamonaviy” muhabbat maktubini bitdi

Sizningcha faqat kattalar sevishga qodirmi? Bolalarga ham bu his-tuyg`u begona emas. AQShdagi boshlang`ich maktablardan birida yoshgina bolakay sinfdosh qiziga muhabbat maktubini bitdi. Faqatgina zamonaviy bolagina bunday xatni yozishga qodir. Qizning ko`zlarini tungi osmonga o`xshatgan bola, boshdan kechirayotgan his-tuyg`ularini quyidagicha tasvirladi: “Seni ko`rganimdan keyin qalbim xuddi shisha parchalariday maydalanib ketdi. Keyin esa o`zimni xuddi barcha pokemonlarni tutib olgan insonday his qildim...”.
Qizcha uning muhabbatini rad etdi va faqatgina do`st bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi. Kim biladi deysiz, balki bu do`stlik oradan 20 yil o`tib, haqiqiy muhabbatga aylanar?

Erkak rafiqasiga to`ylari bo`lgan kun munosabati bilan “Garri Potter”dagi “Xotira girdobi”ni sovg`a qildi

Kim romantik xotiralarga berilishni istamaydi deysiz? Shu fikrga kelgan erkak to`ylari bo`lgan kun munosabati bilan rafiqasiga “Garri Potter”dagi Dambldorning “Xotira girdobi”ni sovg`a qilishga qaror qildi. Uni yaratish uchun erkakka ism-shariflarining bosh harfi tushirilgan temir tovoqcha, ostiga ohanrabo (magnit) yopishtirilgan shishachalar va ohanraboli tayoqcha kerak bo`ldi. Erkak har bir shishachaga birorta romantik xotira yozilgan maktublarni joyladi. Rafiqasi o`tmishning yorqin xotiralarini eslamoqchi bo`lsa, tayoqchani uzatsa bo`ldi. Tayoqchaning bir silkinishi oqibatida xuddi “Garri Potter”dagi kabi unga “xotiralar joylashgan”shishachalardan biri yopishadi!

Bu juftlik muhabbatning bid`atdan ustunligini isbotladi

Anna-Mariya va Ambrosio Lopeslar o`tgan asrning 50 yillarida tanishgan. Ular bir ko`rishdayoq bir-birini sevib qolgan edi. Ammo qizning ota-onasi qora tanli, kambag`al yigitga qizini berishni istamaydi. Shunda Anna-Mariya sevgan yigiti bilan qochib ketadi. Ular farzandlarini voyaga etkazib, nevaralarining sevimli buva va buvijonlarga aylanganiga, oradan 60 yil o`tganiga qaramay, hamon bir-birlarini sevadi.

Yigit sevgan qiziga 148 marotaba sevgi izhor etganiga qaramay, qiz buni sezmadi

Rayan Smit (RyanSmith) ismli yigit Kler ismli sevgan qiziga 148 marotaba sevgi izhor qilganiga qaramay, qiz buni sezmadi. U olti oy mobaynida “Menga turmushga chiq!” deb yozilgan sevgi maktublarini turli joylarga televizorga, devorga, hattoki peshanasiga yopishtirganda ham qiz bunga e`tibor bermadi. Eng qizig`i Rayan bu holatlarning barchasini suratga oldi. Suratlar soni 147 taga etganda yigit ulardan romantik videoda foydalandi. Shundan keyin u eskichasiga tiz cho`kib, qizning qo`lini so`radi va uzuk sovg`a qildi. Qiz javobni cho`zib o`tirmay, uning taklifiga birpasda “Roziman!” deb javob berdi!

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1