AsosiyDunyo

Qirg`izistonda samolyot qulashi oqibatida 31 nafar qurbon bo`lganlarning jasadi sud-tibbiyot ekspertizasiga topshirildi

Qirg`iziston markaziy sud-tibbiyot ekspertizasiga 31 nafar halok bo`lganlarning jasadi topshirildi, deb xabar berdi “Vesti.ru”

Bishkek kasalxonasiga shaxsi aniqlangan, 12 nafar tan jarohati olgan odamlar yotqizilgan. Hozirda halok bo`lganlarning ro`yxati tuzilmoqda. Qurbon bo`lganlarning yaqinlari bilan maxsus ikki guruhdan tashkil topgan psixoterapevtlar ish olib bormoqda.

Qirg`iziston sog`liqni saqlash vazirligi mamlakat fuqarolarini halok bo`lganlarning shaxsini aniqlashda yordam berishga chaqirdi.

Samolyot halokatga uchragan mazkur qishloqda yashovchi fuqarolarning aniq ro`yxati bo`lmaganligi jasad qoldiqlarini identifikasiya qilish ishlarini qiyinlashtirmoqda.

Eslatib o`tamiz, bugun ertalab Turkiya aviakompaniyalaridan biriga tegishli “Boing” yuk tashish samolyoti Bishkek shahri yaqinidagi dala hovlilar joylashgan, aholi yashaydigan qishloq ustiga qulagan. Halokat oqibatida 32 ta uy vayronaga aylangan.

Boshqa yangiliklar