Bugun Qirg`iziston hukumati Bishkek shahridagi Manas aeroportiga yaqin joydagi qishloqqa qulagan Turkiya samolyoti oqibatida halok bo`lganlar xotirasi uchun 17 yanvarni motam kuni, deb e`lon qildi, deya xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.
“Prezident farmoniga asosan, Qirg`iziston respublikasi hududida 17 yanvar motam kuni, deb e`lon qilindi. Motam kunida barcha davlat tashkilotlarida, shuningdek barcha elchixonalarda Qirg`iziston respublikasi davlat bayrog`i tushirib qo`yiladi”, deb xabar berdi hukumat matbuot xizmati.
Eslatib o`tamiz, 16 yanvar kuni Turkiyaning Boeing 747 yuk samolyoti Qirg`iziston hududida halokatga uchradi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, aviahalokat oqibatida 37 kishi halok bo`lgan.