AsosiyDunyo

Shahzoda Garri sevgilisi Megan Marklni kelinoyisi Keyt Midlton bilan tanishtirdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri sevgilisi, amerikalik aktrisa Megan Marklni akasining rafiqasi, Kembrij gersoginyasi Keyt Midlton bilan tanishtirdi, deb yozadi “Vesti”.

Uchrashuv Londondagi Kensington qasrida bo`lib o`tdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Megan Markl Garrining hayotidagi “eng muhim qiz” bilan ham tanishgan. Gap shahzodaning jiyani malika Sharlott haqida ketmoqda.Keyt Megan bilan tanishishni kutayotgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, shahzoda Garri kelinoyisi Keyt bilan o`ta yaqin munosabatda va uning fikrini qadrlaydi. Avvalroq paparassi Bukingem qasriga kirib ketayotgan 35 yoshli aktrisa va shahzoda Garrini suratga olgan edi. Bu surat tufayli ko`pchilik OAV Garri va Meganning birga yashayotgani haqida maqolalar chop etgan edi.

    Boshqa yangiliklar