Amerikaning Florida shtatidagi Orlando shahrida yashovchi erkak rafiqasini o`ldirganligini yashirish maqsadida uning Facebook sahifasida rafiqasining nomidan turli izohlar yozdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, 42 yoshli Jorj Maksheyn va uning rafiqasi Kristenlar o`rtasida 7 yanvar kuni janjal chiqqan. G`azablangan Jorj rafiqasini jahl ustida bo`g`ib o`ldirgan.
Qilgan ishidan qo`rqib ketgan Jorj qotilligini yashirish maqsadida rafiqasining nomidan Facebook da uning o`rtoqlari bilan yozishgan.
“Telefonimni hojatxonaga tushirib yuborganimga ishonolmayapman, naqadar jinnilik... Uni tuzatgunimcha, Facebook sahifamga yozing”, deb yozdi Jorj rafiqasining nomidan.
Bundan tashqari u rafiqasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi suratlarini ham yangilab, barcha do`stlariga rafiqasining nomidan javob yozgan.
Voqeadan bir necha kun o`tgach, polisiya yotoqxonadan Kristenning jasadini topdi. Jorjni esa garaj ichidagi avtomashinada o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lganda qo`lga oldi.
Jorj Maksheynga nisbatan qotillik bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.