AsosiyDunyo

Meksikada qurollangan bosqinchilar prokuraturaga hujum uyushtirdi

Seshanba kuni bir guruh qurollangan bosqinchilar Meksikaning Kintana-Roo shtatidagi Kankuna kurort shahri prokuraturasiga hujum qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Hujum oqibatida 1 nafar polisiyachi halok bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, bir guruh qurollangan bosqinchilar motosiklda prokuratura binosi oldiga kelib, unga qarata o`q uzdi. Binoni qo`riqlayotgan polisiyachilar ham ularga qarata o`t ochdi. Otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi. Bosqinchilar ularga javoban o`q uzilganidan keyin qochib ketdi, jinoyatchilarni tutishning iloji bo`lmadi.

Otishmada bir dona o`q gaz solingan sisternaga tekkanligi uchun portlash xavfi paydo bo`ldi. Shundan keyin o`t o`chiruvchilar va qutqaruvchilar prokuratura yaqinidagi yirik savdo do`konidan odamlarni evakuasiya qildi.

    Boshqa yangiliklar