Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi o`likxonalardan birida keksa ayolning jasadi yo`qoldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Jasadni biror yovuz niyatli odam o`g`irlagan, deb taxmin qilinmoqda.
Keksa 88 yoshli ayolning jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi o`tkazish uchun o`likxonaga yuborilgan. Tegishli tekshiruvlardan keyin kampirning jasadi o`likxonaning pastki qavatidagi muzlatkich kameraga joylashtirilgan.
Oradan bir necha kun o`tgach, kampirning qarindoshi jasadni olib ketgani kelgan. Ammo jasad qo`yilgan muzlatkich kamera bo`m-bo`sh bo`lgan.
Mazkur fakt bo`yicha Tergov qo`mitasi RF JKning 293-moddasi 1qismi bilan (xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash) jinoyat ishi qo`zg`atildi.





