AsosiyDunyo

Trampning saylanishiga qarshi bo`lgan odam norozilik sifatida o`ziga o`t qo`ydi

AQShning Vashington shahrida Donald Trampning inaugurusiyasi va saylanishidan norozi bo`lgan erkak o`ziga o`t qo`ydi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Voqea 17 yanvar kuni, kechqurun Pensilvaniya-avenyudagi Trump International Hotel mehmonxonasi  oldida sodir bo`ldi. Mehmonxona xodimlari polisiyaga qo`ng`iroq qildi. Hozircha o`ziga o`t qo`ygan erkakning nomi oshkor etilmadi. AQShning bir qancha shaharlarida Trampga qarshi norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi. Hattoki Trampning 20 yanvar kuni bo`lib o`tadigan inaugurasiyasi paytida uyushtiriladigan namoyishda ishtirok etgan odam uchun pul to`lanishi haqida e`lonlar ham paydo bo`ldi.

Boshqa yangiliklar