O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitasi Haj va Umra tadbirlariga oid axborot berdi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 26 avgust kunidagi Farmoniga asosan tuzilgan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Jamoatchilik kengashi ziyoratchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratib berish, haj va umra safarlarini namunali tashkil etish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Shu o`rinda mamnuniyat bilan aytish lozimki, so`nggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlarning soni oshib borayotganini e`tiborga olib, 2017 yildan o`zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari bu ko`rsatkich 5200 nafar edi).