AsosiyDunyo

Natasha Korolyova nima uchun buvisining dafn marosimida qatnasha olmasligini izohladi

Rosiyalik xonanda Natasha Korolyova Kiev shahrida vafot etgan buvisining dafn marosimida qatnasha olmaydigan bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

“Buvimning dafn marosimida qatnasha olmasligimga Ukraina respublikasi xavfsizlik xizmatining meni mamlakat hududiga kirishimni taqiqlagani sabab bo`ldi”, deb izohladi bu holatni Natasha Korolyova.

Xonanda o`zining Instagram sahifasida buvisining olamdan o`tgani haqida xabar qoldirgan.

“Bugun Kievda buvim olamdan o`tdi. Ammo men uning dafn marosimiga borolmayman...”, deb yozgan xonanda. 

2016 yilda Ukraina xavfsizlik xizmati Natasha Korolyovani Qrimning Rossiyaga qo`shilganini qo`llab-quvvatlaganlikda ayblab, unga Ukraina hududiga kirishni 5 yil muddatga taqiqlagan edi. 

“Agar buvimga biror kor-hol bo`lsa, men Kievga borolmayman. Eng dahshatlisi uning dafn marosimida qatnasholmayman... Sog`ligi ko`tarmaganligi bois u Moskvaga kelolmaydi...” deb yozgan edi xonanda.

Boshqa yangiliklar