AsosiyShou-biznes

Nilufar Usmonova: “Yulduzning qizi bo`lish oson emas”

Xonanda va aktyorlarning ijodiga ularning farzandlari qanday munosabat bildiradi? Ota-onasining mashhurligi bolalarning hayotida yordam bergan yoki aksincha xalaqit bergan paytlar ham bo`lganmi? “Sug`diyona” gazetasi mashhurlar va ularning farzandlari bilan uchrashib, shu kabi savollarga javob izladi.

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qizi, xonanda Nilufar Usmonova mashhur insonning farzandi bo`lish haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

“Ota-onaning mashhurligi farzandlarga albatta, ta`sir ko`rsatadi. Bu hislar boshimdan o`tgan, bilaman. Yulduzning qizi bo`lish oson emas. To`qqiz yoshli qizaloq uchun onasi faqat unga emas, butun xalqqa mehr, e`tibor berishi kerakligini tushunish, qabul qilish qiyin kechgan, albatta. Bugun esa bolalarimga ham oson emasligini tushunib turibman. Lekin har qanday vaziyatda ham birinchi o`rinda ona ekanligimni unutmayman. Katta o`g`lim ‘Kel ikkimiz’, Ibrohimxon ‘Dona-dona’, Sulaymonxon esa buvisining qo`shiqlarini maza qilib tinglaydi. Ularga mehr berish, vaqtni birga o`tkazishdan zavqlanaman”. 

“Sug`diyona” gazetasining 19 yanvar kuni sotuvga chiqadigan 3 sonida Jahongir Poziljonov, Rayhon Ulasenova, Rixsitilla Abdullaev, Valijon Shamshiev va Ulug`bek Rahmatullaevlarning farzandlari ularning ijodiga qanday munosabatda ekanligi bilan tanishishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar