AsosiyDunyo

Xitoylik “niqobli” bola atrofdagilarni hayratga soladi

Xitoyda yashaydigan Kang Kang ismli bolada rivojlanishning kam uchraydigan nuqsoni qayd et...

Xitoyda yashaydigan Kang Kang ismli bolada rivojlanishning kam uchraydigan nuqsoni qayd etilgan. U yuz mushaklarining noto`g`ri rivojlanganidan aziyat chekadi, deb yozadi “Vesti”.

Kang Kangni boshqalar ikki yuzli bola deb ham atashadi. Uning tashqi ko`rinishi xuddi yuziga niqob kiyib olgandek taassurot uyg`otadi. 

Bolaning onasi I Liansi (Yi Lianxi)ning aytishicha, o`g`li dunyoga kelganida u 23 yoshda edi. Homiladorlik davrida u bir necha marotaba ultratovush tekshiruvidan o`tgan, biroq uning farzandida hech qanday nuqsonlar aniqlanmagan. Tug`ruq jarayonida ishtirok etgan shifokorlar bolaning yuzini ko`rib, qo`rqib ketishgan, hatto uni onasiga ko`rsatishga ham qo`rqishgan. Ular bolaning onasiga farzandidan yuz o`girishni maslahat berishgan. Biroq Kang Kangning ota-onasi bunga rozi bo`lmagan. Kang Kangning ota-onasi Xitoydagi olis qishloqlardan birida yashaydi. Qo`shnilar va boshqa notanish kishilar bolakayga qo`rquv va jirkanpish bilan qaraydi. 

Keng jamoatchilik bu noodatiy ko`rinishga ega bola haqida 2010 yilda xabar topdi. Mahalliy telekanallar bola haqida bir nechta reportajlar tayyorlab, efirga uzatdi. Hozirda ko`ngillilar tomonidan bolaga yordam berish uchun pul yig`ilgan. Uning yuzini o`zgartirish uchun murakkab operasiya o`tkazish talab qilinadi.

Boshqa yangiliklar