AsosiySport

“MYu” daromad ko`rish borasida “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Deloitte kompaniyasi tadqiqotiga ko`ra, 2015/2016 yilgi mavsumda eng ko`p daromad qilgan klub deb topildi. Mankunianlar 689 mln evro ishlagan holda avvalgiga nisbatan ikki o`ringa ko`tarildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Hisobotda chiptalar savdosi, translyasiya va marketing inobatga olingan. Lekin ushbu reytingdan transferlardan ko`rilgan daromad joy olmagan. Qayd etish kerakki, 11 yil deganda "Manchester Yunayted" yana dunyoning eng ko`p daromad topgan klubiga aylandi.

Daromad bobida "Barselona" 620,2 million evro daromad bilan ikkinchi o`rinda qoldi. "Real" esa 11 yillik etakchilikdan so`ng uchinchi o`ringa tushdi –622,1 million evro.

Kuchli o`nlikdan, shuningdek, “Bavariya”, “Manchester Siti”, “PSJ”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Yuventus” joy olgan. 

Boshqa yangiliklar