AsosiyDunyo

Maktab o`quvchisi sinfdoshlari va o`qituvchisini otib tashladi (Video)

Meksikada o`smir bola sinfdoshlari va o`qituvchisini otib tashladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Voqea Nuevo-Leon shtatidagi Monterrey shahridagi Colegio Americano del Noreste nomli oliy tabaqali oilalarning farzandlari o`qiydigan maktabda yuz berdi. Otishmani sinfga o`rnatilgan kuzatuv kamerasi videoga oldi.

O`qituvchi o`quvchilardan yozma ishni yig`ib olayotganda, 15 yoshli o`smir yonidan qurol chiqarib, avval o`qituvchining boshiga, keyin esa uch nafar sinfdoshiga qarata o`q uzdi va o`z joniga qasd qildi. U olgan tan jarohatidan halok bo`ldi. O`qituvchi va yana bir bola kasalxonada vafot etdi.

Nuevo-Leon shtati IIV boshlig`ining ma`lumot berishicha, hujum uyushtirgan bola depressiyadan aziyat chekib, ruhiy davolanish kursidan o`tgan.

    Boshqa yangiliklar