AsosiyDunyo

Eronlik sportchi ayol sportzalda selfiga tushgani uchun qamoqqa olindi

Eronlik bodibilder ayol sportzalda tushgan selfisini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani uchun qamoqqa olindi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Muskullarini ko`z-ko`z qilib suratga tushgan sportchi ayolni hukumat qonunni buzganlikda aybladi. Nashrning xabar qilishicha, garov pulini to`lashga qurbi etmagan ayol ayni payda qamoqda saqlanmoqda.

Eronda boshiga ro`mol o`ramagan ayol “yalang`och” hisoblanadi. Bundan tashqari, jamoat joylarida tananing biror qismini, masalan, qo`l va oyoqni ko`rsatish ham mumkin emas.

Sportchi ayolning nomi oshkor etilmagan, ammo mahalliy OAVlar uni xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, eronlik bodibilder ayol Shirin Nobahoriy, deb taxmin qilmoqda.

Boshqa yangiliklar