AsosiySport

Farhod Abdullaev OFKning nazoratchi hakamlar seminarida ishtirok etdi

O`zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tgan nazoratchi hakamlar seminarida OFK maslahatchisi sifatida ishtirok etdi.

17–19 yanvar kunlari bo`lib o`tgan seminarda Osiyo qit`asidan jami 76 nafar nazoratchi hakam qatnashdi. Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad – nazoratchi hakamlarni yangi ma`lumotlar bilan tanishtirish, ularning bilimini sinovdan o`tkazish hamda 2017 yilgi mavsum uchun kerakli materiallar bilan ta`minlashdan iborat.

Seminarning birinchi kunida nazoratchi hakamlarga hisobot yozish borasida tushintirishlar olib borildi hamda ularning mas`uliyati nimadan iborat ekani aytildi. Shuningdek, seminar davomida ingliz tilidan test hamda uchrashuvdan so`ng ro`y berishi mumkin bo`lgan vaziyatlar ssenariysi bo`lib o`tdi.

Bundan tashqari, nazoratchi hakamlarni zamonaviy futbol trendlari bilan yanada yaxshiroq tanishtirish maqsaida jamoa taktikalari borasida darslar o`tkazildi. FIFA va OFK instruktori hisoblangan Farhod Abdullaev o`z bilim va ko`nikmalari bilan o`rtoqlashdi.

Ma`lumot o`rnida, Farhod Abdullaev o`tgan yilning 1 noyabridan boshlab OFK hakamlar departamentining texnik eksperti sifatida ish boshlagan.

    Boshqa yangiliklar