Ispaniya Kubogi chorak final dastlabki bahsida “Real Sosedad” o`z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qildi. Unda kataloniyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Neymar penaltidan unumli foydalandi va o`yin taqdirini hal qiluvchi golga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Barselona” safardan muhim g`alaba bilan qaytadigan bo`ldi.Ushbu jamoalarning javob uchrashuvi 26 yanvar kuni “Kamp Nou”da bo`lib o`tadi.
“Real Sosedad” – “Barselona” 0:1
Gol: 0:1 – 21, penalti Neymar.
“Real Sosedad” – Ruli, Navas, Elustondo, Berchiche, Martines, Surutusa, Ilyarramendi, Oyarsabal, Prieto (Kanales, 76), Vela (Xuanmi, 72), Villian Joze (Koncha, 80).
“Barselona” – Sillessen, Umtiti, Pike, Din, Serji Roberto, Rakitich (D. Suares, 69), Buskets, Inesta (Andre Gomesh, 46), Neymar, Messi, L. Suares.
Ogohlantirishlar: Messi (43), Neymar (64), Ilyarramendi (90).





