AsosiyDunyo

Nyu-York meri va Gollivud aktyorlari Trampga qarshi namoyishda ishtirok etishdi

Nyu-Yorkda yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi norozilik namoyishi o`tkazildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Inaugurasiyadan bir kun ilgari o`tkazilgan norozilik namoyishida shahar meri Bill de Blazio, Gollivudning mashhur yulduzlari Robert De Niro, Mark Ruffalo, Aleks Bolduin, rejissyor Maykl Mur va xonanda Sherlar ishtirok etishdi.

Mitingda so`zga chiqqan Robert De Niro Trampni “Mamlakatga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi inson”, deb atadi.

Sahnada “Biz qarshilik ko`rsatishdan to`xtamaymiz, chunki biz sevgan hamma narsalar xavf ostida qolmoqda!”, degan so`zlar yangradi. 

Norozilik namoyishi WeStandUnited ("Biz hammamiz birgamiz”) shiori ostida o`tkazildi. Bu chaqiriq ijtimoiy tarmoqlarga ham keng yoyildi.

Namoyish ishtirokchilari Trampni irqiy jihatdan odam ajratishda, dinga toqat qilolmaslikda ayblab, muhojirlarning haq-huquqini himoya qilishdi. Shuningdek, iqlim o`zgarishiga qarshi kurashda qo`llab-quvvatlashni so`rashdi.

Boshqa yangiliklar