AsosiySport

Ispaniya Kubogi. “Atletiko” yarim final masalasini deyarli hal qildi

Ispaniya Kubogi chorak final ilk bahsida “Atletiko Madrid” jamoasi o`z maydonida “Eybar” futbolchilari bilan o`zaro kurash olib bordi.

Ushbu uchrashuvda madridliklar raqiblariga hech qanday imkon qoldirmadi va 3:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Antuan Grizmann jamoasini oldinga olib chiqqan bo`lsa, 60-daqiqada Anxel Korrea hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. Yakuniy hisobni 68-daqiqada Kevin Gameyro o`rnatdi.

Shu tariqa “Atletiko” futbolchilari javob uchrashuvi oldidan yaxshigina natijani qo`lga kiritdilar. Ushbu juftlikning javob uchrashuvi 25 yanvarda “Munisipal de Ipurua” stadionida bo`lib o`tadi.

Avvalroq "Barselona" jamoasi safarda "Real Sosedad"ni kichik — 1:0 hisobida enggani haqida xabar berilgandi

“Atletiko” – “Eybar” 3:0  

Gollar: 1:0 – 28 Grizmann, 2:0 – 60 Korrea, 3:0 – 68 Gameyro.

“Atletiko” – Moyya, Xuanfran, Ximenes, Savich, Filipe Luis, Ferreyra Karrasko (Gabi, 66), Koke, Grizmann, Saul, Korrea (Gameyro, 63), Gaytan (Godin, 77).

“Eybar – Yoel, Kapa, Galves, Lejen, Rivera, Gonsales (Enrik, 65), Eskalante (Sarregi, 74), Riko, Inui (Luna, 65), Penya, Bebe.

Ogohlantirishlar: Eskalante (27), Saul (63), Riko (67), Galves (85).

    Boshqa yangiliklar