AsosiyDunyo

Bugun Barak Obamaga tegishli buyumlar Oq uydan olib chiqiladi

Donald Trampning inaugurasiyasi o`tkaziladigan kunda Barak Obamaga tegishli buyumlar Oq uydan olib chiqiladi, “Tvzvezda.ru” nashri.
 
Bugun Barak Obama xodimlari bilan xayrlashib, Oq uyni tark etadi. AQShning yangi, 45 prezidenti soat 12:00 da qasamyod qabul qilgandan keyin ko`chish ishlari boshlanadi. Barak Obamaning oilasiga tegishli buyumlar katta yuk mashinasiga ortilgach, Donald Trampga tegishli mol-mulkni boshqa bir yuk mashinasi olib keladi.

Inaugurasiya tadbiri tugagandan keyin Barak Obama oilasi bilan mehnat ta`tiliga chiqadi. Donald Tramp Oq uyga juma kuni, Kapitoliyadagi tushlikdan so`ng ko`chib kirishni rejalashtirgan. Uning rafiqasi va o`g`li hozircha Nyu-Yorkda qoladi. Manxetten shahridagi xususiy maktablardan birida o`qiydigan o`g`li, 9 yoshli Berron Tramp o`quv yilini shu erda tugatishga qaror qilgan.

Boshqa yangiliklar